O'zLiDeP
74-Toshkent shahri saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Nodir Xosiyatovich Jumayev 1976 -yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1997 - yil Toshkent moliya institutini, 2001 -yil O‘zbekiston Respublikasi Bank -moliya akademiyasini tamomlagan. Ixtisosligi — moliya va kredit, bank ishi. O‘zLiDeP a’zosi. Oilali. Uch nafar farzandi bor. Мehnat faoliyatini 1995 -yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar departamenti iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2010 -2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitet lari rektori, 201 7- 2020-yillarda Bank -moliya akademiyasi bank ishi kafedrasi professori, qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekani v .b lavozimlarida ishlagan. 2023 -yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Dasturining asosiy yo‘nalishlari: Aholini tadbirkorlikka jalb qilishning mahallabay dastur larini ishlab chiqish ; tadbirkorlar faoliyatiga aralashganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish; soliq maʼmurchiligi tizimini soddalashtirish, barcha tadbirkorlar uchun soliqni toʻlash borasida adolatli va teng sharoitlar yaratish; fermer va dehqonlarga imtiyozli kreditlarni ajratish, ularning qaytarish muddatlarini mavsumiylikdan kelib chiqqan holda belgilash; tuman markazlaridan har bir qishloqqacha sement -beton yoʻlla r qurilishi, aholi punktlari jamoat transporti bilan toʻliq qamrab olinishiga erishish; ogʻir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar uchun kredit taʼtillari berish tizimini joriy etish; pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqini 2 barobar oshirish; yoshlar uchun manfaatli ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishga koʻmaklashish; ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2-marta kamaytirish; maosh oluvchi fuqarolarni mehnatga haq to ‘lash eng kam miqdorining 3 barobarigacha daromad solig ‘idan ozod etish; keksalar sogʻligini tiklash va mazmunli dam olishi uchun alohida dastur qabul qilish .


O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
2003-yil, 4, 5-oktyabr – bir guruh tashabbuskorlar – kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya’ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.
2003-yil, 7-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.
2003-yil, 15-noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta’sis Syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
2003-yil, 3-dekabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi. A’zolar soni: 1 million 620 ming 238 BPTlar soni :15 ming 266 OMQP deputatlar soni: 53 Mahalliy Kengashlardagi deputatlar soni: 2 ming 243
Toshkent shahar 74-Toshkent shahar saylov okrugi
74-Toshkent shahar saylov okrugi
