XDP
1-Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Nurlan Urazgaliyevich Kishanov 1983 -yil 11-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan . Millati – qozoq . Ma’lumoti – oliy. 2009 -yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan . Ixtisosligi – milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari . 2023-yildan O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi Mafkuraviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda . N.U.Kishanov yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan . Siyosiy yetuk , xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan , ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson . Oilali , ikki nafar farzandi bor. Agar , Nurlan Kishanovga ovoz bersangiz , aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi : Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash ; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ; Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish ; Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash ; Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish ; Fuqaro kommunal xizmatlardan ta’minotchining aybi bilan uzilganda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash ; Barcha ga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish ; Fuqarolarga ta’limning barcha tizimida teng imkoniyat yaratish , boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi sonini 20 nafar , yuqori sinfda 24 nafardan oshirmaslik ; Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish .


"Xalq" demokratik partiyasi.
1991 yil 1 noyabrda – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining I Ta’asis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi. Yangi tashkil topgan partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib Ma’mudzhan Muminovich Rasulov saylandi. XDP: Joriy yilning 15 iyul holatiga partiyaga a’zolar soni – 704 183 tani tashkil etib, ular 10 695 ta Boshqacha partiya tashkilotiga birlashib, a’zolarining 281 167 nafarini yoshlar (40%), 351 209 nafarini ayollar (50%) tashil etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugi
1-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugi
