XDP
4-Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Ario‘xan Orazba yevna Qazaqba yeva 1973 -yil 27-sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug‘ilgan . Millati – qoraqalpoq Ma’lumoti – oliy. 1995 -yili Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan . Ixtisosligi – ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha muhandis . 2020 -yildan Kegeyli tumani “Nurli bostan” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda . A.U.Qazaqba yeva aholi , jumladan , yoshlar , xotin -qizlar va oilalar bilan ishlash borasida ko‘p yillik tajribaga ega salohiyatli rahbar sifatida xalq orasida obro‘ -e’tibor qozongan . Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sifatida o‘z hududining ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishida faol ishtirok etib, yutuqlarga erishib kelayotgan tajribali , mas’uliyatli inson . Oilali , uch nafar farzandi bor. Agar , Ario‘xan Qazaqba yevaga ovoz bersangiz , aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi : Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash ; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ; Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish ; Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash ; Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish ; Fuqaro kommunal xizmatlardan ta’minotchining aybi bilan uzilganda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash ; Barcha ga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish ; Fuqarolarga ta’limning barcha tizimida teng imkoniyat yaratish , boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi sonini 20 nafardan , yuqori sinfda 24 nafardan oshirmaslik ; Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish .


"Xalq" demokratik partiyasi.
1991 yil 1 noyabrda – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining I Ta’asis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi. Yangi tashkil topgan partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib Ma’mudzhan Muminovich Rasulov saylandi. XDP: Joriy yilning 15 iyul holatiga partiyaga a’zolar soni – 704 183 tani tashkil etib, ular 10 695 ta Boshqacha partiya tashkilotiga birlashib, a’zolarining 281 167 nafarini yoshlar (40%), 351 209 nafarini ayollar (50%) tashil etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 4-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugi
4-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugi
