O‘EP
70-Toshkent saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li 1992–yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2014–yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – menejment. O‘zbekiston Ekologik partiyasi. Oilali. Bir nafar farzandi bor. Mehnat faoliyatini 2014–yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari yordamchisi vazifasidan boshlagan. 2016–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va mintaqalarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, 2019 –2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kichik sanoat zonalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, 2020–2023-yillarda Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari – tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, 2023 -yilning o‘zida Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2023 –2024-yillarda Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. 2024 - yildan Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – “Loyiha ofisi” rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Dasturining asosiy yo‘nalishlari: − jamoat transportini elektrobuslar hisobidan rivojlantirish; − 2030-yilga qadar yirik shaharlarda yoʻlovchilarning velosipedda harakatlanish ulushini 20 foizga yetkazish; − Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida jamoat transportidan doimiy foydalanuvchi shaxslar uchun yoʻl haqini arzonlashtirib borish tizimini bosqichma - bosqich yoʻlga qoʻyish; − 10 yoshdan katta daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishni taqiqlash; − tuman (shahar)larning bosh rejasi tasdiqlanmagunga qadar qurilish ishlarini toʻxtatib turish; − malakali yuridik yordam va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, ekolog - huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish; − seysmik holatlarni hisobga olib, koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini qurish talablarini kuchaytirish; − fuqarolarni ekologik huquqbuzarliklar haqida xabar berganlik uchun ragʻbatlantirish tizimini yanada kengaytirish; − ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni qayta koʻrib chiqish va ularning miqdorini oshirish; − sintetik goʻsht kabi oziq -ovqat mahsulotini ishlab chiqarish − va sotishga qarshi kurashish.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
2018-yil 14-noyabrda O‘zbekistonda Ekologik partiya tashkil etish tashabbuskorlari yig‘ilishida Tashkiliy qo‘mita tuzildi. 2018-yil 14-noyabrda O‘zbekistonda Ekologik partiya tashkil etish tashabbuskorlari yig‘ilishida Tashkiliy qo‘mita tuzildi. 2019-yil 8-yanvarda Toshkentda O‘zbekiston Ekologik partiyasining Tasis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, partiyaning Dasturi, Ustavi va ramzlari tasdiqlandi va uning boshqaruv organlari saylandi. 2019-yil 22-yanvarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.
Toshkent shahar 70-Toshkent shahar saylov okrugi
70-Toshkent shahar saylov okrugi