O'zLiDeP
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
2003-yil, 4, 5-oktyabr – bir guruh tashabbuskorlar – kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya’ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.
2003-yil, 7-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.
2003-yil, 15-noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta’sis Syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
2003-yil, 3-dekabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi. A’zolar soni: 1 million 620 ming 238 BPTlar soni :15 ming 266 OMQP deputatlar soni: 53 Mahalliy Kengashlardagi deputatlar soni: 2 ming 243
Andijon viloyati 11-Andijon viloyati saylov okrugi