XDP
2-Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Adolat Axmedovna Yuldasheva 1967 -yil 15-avgustda Xorazm viloyati , Urganch shahrida tug‘ilgan . Millati – o‘zbek . Ma’lumoti – oliy. 1989 -yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan . Ixtisosligi – quruvchi -muhandis . 2022-yildan Ellikqal’a tumani hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin - qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda . A.A.Yuldasheva o‘zining boy tajribasidan kelib chiqib, yuzlab ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirishga , og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin -qizlarning og‘irini yengil qilib, ish bilan ta’minlashga ko‘mak berib kelmoqda . Xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida astoydil ishlaydigan , muammolarni oldindan ko‘rib bilib, ularga yechim topa oladigan , boy tajriba ega, mas’uliyatli va jonkuyar inson . Oilali − to‘rt nafar farzandi bor. Agar , Adolat Yuldashevaga ovoz bersangiz , aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi : Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash ; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ; Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish ; Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash ; Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish ; Fuqaro kommunal xizmatlardan ta’minotchining aybi bilan uzilganda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash ; Barcha ga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish; Fuqarolarga ta’limning barcha tizimida teng imkoniyat yaratish , boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi sonini 20 nafar , yuqori sinfda 24 nafardan oshirmaslik ; Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish .


"Xalq" demokratik partiyasi.
1991 yil 1 noyabrda – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining I Ta’asis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi. Yangi tashkil topgan partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib Ma’mudzhan Muminovich Rasulov saylandi. XDP: Joriy yilning 15 iyul holatiga partiyaga a’zolar soni – 704 183 tani tashkil etib, ular 10 695 ta Boshqacha partiya tashkilotiga birlashib, a’zolarining 281 167 nafarini yoshlar (40%), 351 209 nafarini ayollar (50%) tashil etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugi
2-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugi
