“Adolat” SDP
1-Qoraqalpogʻiston saylov okrugi dan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Abdiramanova Shaxzada Nietbaevna 1988 -yili Qoraqalpo gʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. Millati – qoraqalpoq. Maʼlumoti – oliy. 2011 -yilda Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ixtisosligi – matematika va informatika fani oʻqituvchisi. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial -demokratik partiyasi aʼzosi. Oilali. Bir nafar farzandi bor. Mehnat faoliyatini 2011 -yilda Chimboy pedagogika kolleji kompyuter operatori va oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 2013 -2016 -yillarda Xoʻjayli tumanidagi 63 -umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi, 2016 -2017 -yillarda Nukus qurilish kasb -hunar kolleji oʻqituvchisi, 2017 -2020 -yillarda N ukus qurilish kasb -hunar kolleji uslubchisi, yoshlar yetakchisi, 2020 -2022 -yillarda Nukus shahridagi “Gulzar” mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022 -yildan Nukus shahar hokimining “Shimbay shayxana” MFYdagi yordamchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Dasturining asosiy y oʻnalishlari: – fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning huquqlari va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirishda jamoat tashkilotlarini keng jalb etish, shunin gdek, mahallani jamoatchilik nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish ; – mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini yanada oshirish ; – kambagʻallikni qisqartirishga yoʻnaltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishini taʼminlash ; – aholining tibbiy madaniyatini oshirish ; – kommunal xizmatlarning sifat darajasini oshirish ; – hududni iqtisodiy -sarmoyaviy, ijtimoiy, madaniy jihatdan zamonaviylashtirish, siyosiy faol, respublika boshqaruvida bevosita ishtirok etadigan, jamiyatimizda demokratlashuv jarayonlarini ilgari suradigan hududlardan biri sifatida shakllantirish .
“Адолат” социал-демократик партияси
(24.07.2024 й ҳолатига кўра) партия аъзоларининг умумий сони 1 104 283 нафар. Шундан аёллар — 595 208 нафар (54 %), ёшлар — 430 689 (39 %);
2019 йилдаги сайловда Олий Мажлис Қонунчилик палатасига 24 нафар (3 ўрин) ва маҳаллий кенгашларга 846 нафар (4 ўрин) депутат сайланган;
Қорақалпоқистон Республикасы 1-Қорақалпоғистон Республикаси сайлов округи
1-Qoraqalpog'iston Respublikasi saylov okrugi