XDP
73-Toshkent shahar saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Yendir Jamilovich Daulatov 1961-yil 12-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi , Amudaryo tumanida tug‘ilgan . Millati – o‘zbek . Ma’lumoti – oliy. 1983-yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan . Ixtisosligi – injener -iqtisodchi , iqtisod fanlari nomzodi , dotsent . Bugungi kunda Toshkent gidrometeorologiya texnikumi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda . Katta tajribali pedagog sifatida ko‘plab faxriy yorliq , tashakkurnomalar va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan . Ye.J.Daulatov yuksak salohiyatga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan . Siyosiy yetuk , xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan , ijtimoiy himoya masalasida tajribaga ega , mas’uliyatli va qat’iyatli inson . Oilali , uch nafar farzandi bor . Agar , Yendir Daulatovga ovoz bersangiz , aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi : Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash ; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ; Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonni ng hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish ; Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash ; Aholini arzon uy -joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish ; Fuqaro kommunal xizmatlardan ta’minotchining aybi bilan uzilganda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash ; Barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish ; Fuqarolarga ta’limning barcha tizimida teng imkoniyat yaratish , boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi sonini 20 nafardan , yuqori sinfda 24 nafardan oshirmaslik ; Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish .
"Xalq" demokratik партияси.
1991 yil 1 noyabrda – O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining I Ta’sis qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgiladi. Yangi tashkil topgan partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib Ma’mudzhan Muminovich Rasulov saylandi. XDP: Joriy yilning 15 iyul holatiga partiyaga a'zolar soni – 704 183 tani tashkil etib, ular 10 695 ta Boshqacha partiya tashkilotiga birlashib, a'zolarining 281 167 nafarini yoshlar (40%), 351 209 nafarini ayollar (50%) tashil etmoqda.
Тошкент шаҳар 73-Тошкент шаҳар сайлов округи
73-Тошкент шаҳар сайлов округи